Norboyeva Ortiqovaning prokuraturaga qaytishiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
Svetlana Ortiqova kim? Uning qanday o‘tmishi bor? north_east

Svetlana Ortiqova kim? Uning qanday o‘tmishi bor?

Xabaringiz bor, kecha, 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali sobiq o‘rinbosarining prokuratura organlariga qaytishiga munosabat bildirdi. 

“Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar davrida ayollarning yuqori, ya’ni qarorlarni qabul qilish darajasida ishtirok etishini ta’minlashda yuqori lavozimlarga tayinlanishi, ayniqsa, muhimdir. 

O‘ylaymanki, Svetlana Ortiqovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi mamlakatimizda erkaklar va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganining yaqqol dalilidir. 

Amaliy faoliyatimdan kelib chiqqan holda aytishim mimkinki, gender tengligi ta’minlanib, ayollarning martabasi o‘sishi uchun sharoitlar yaratilayotgan tizimlarda ish samaradorligi va ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. 

Hurmatli Svetlana Boymirzayevna! Samimiy tabriklarimni qabul qiling! 

Sizga ushbu muhim davlat lavozimida kuch-g‘ayrat,  faoliyatingizda o‘zingizga hos qat’iylik bilan mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!”, deydi Tanzila Norboyeva. 

Norboyeva va Ortiqovaning yo‘llari uzoq kesishgani yo‘q. Ular bor-yo‘g‘i 4 oy birga ishladilar, xolos. 

Svetlana Ortiqovaga esa Bosh prokuratura ham, uning hozirgi rahbariyati ham begona emas. Nig‘matilla Yo‘ldoshev bundan 4 oy avvalgacha Senat raisi edi. Qolaversa, Svetlana Ortiqova 20 yil prokuratura organlarida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing