Tanzila Norboyeva Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
03 dekabr 2345 1 daqiqa
Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok bilan uchrashdi. Bu haqda bugun, 3 dekabr kuni Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot avvalida ikki mamlakat orasidagi hamkorlikning so‘nggi yillarda sezilarli jadallashgani hamda o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar strategik sheriklik darajasigacha oshgani ta’kidlangan.
Ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi tarixiy, an’naviy, madaniy qadriyatlarning mushtarakligi davlatlaro aloqlarni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo hamda mamlakat ishbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratgan.
Muloqot chog‘ida 2026 yil “O‘zbekiston va Vengriya orasidagi madaniyat, fan va innovatsiyalar yili” deb e’lon qilingani ham qayd etilib, tomonlar ikki davlatda qator yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashgan.
Shu bilan birga, parlamentlararo munosabatlarni izchil rivojlantirib borish hamda davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan.
Qayd etish joiz, kecha, 2 dekabr kuni Tanzila Norboyeva Budapeshtda Qahramonlar maydonidagi noma’lum askar yodgorligi poyiga gul qo‘ydi hamda Vengriya xalqining ozodlik uchun kurashgan himoyachilari xotirasiga hurmat bajo keltirgandi.
Live
Barchasi