Svetlana Ortiqova kim? Uning qanday o‘tmishi bor?

Bu qiziq

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Svetlana Ortiqova bugun, 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Senator uchun bu maskan begona emas. U sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov davrida ushbu dargohda salmoqli faoliyat yuritgan va davlat rahbariyati nazariga tushgan. Xo‘sh, Ortiqova xonim kim? U haqida nimalar bilamiz? 

Svetlana Ortiqova 1962 yilning 1 yanvar kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, hukuqshunos. 1987 yilda hozirgi Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlaganKo‘p yillar O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralarida xizmat qilgan, 2010-2014 yillari Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Ortiqova 1980-1988 yillarda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani prokuraturasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1998-1990 yillarda Namangan shahri prokurorining katta yordamchisi, 1993-1996 yillarda Bosh prokuraturada prokuror, 1998-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonunlarni muvofiqlashtirish va huquqiy targ‘ibot departamenti katta prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonun hujjatlarini huquqiy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

2010 yil 22 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Svetlana Ortiqova ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis Senatining a’zosi etib tayinlandi. U Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasini boshqargan. 

Svetlana Ortiqova O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari o‘laroq faoliyat yuritgan  kezlari yaqqol ko‘zga tashlangan. Ayniqsa, 2005 yilda ro‘y bergan Andijon voqealaridan keyin ko‘plab xalqaro ommaviy axborot vositalarida Bosh prokuratura rasmiysi sifatida bergan intervyusi davlat rahbariyati e’tiboriga tushgan. 

2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2015 yil 20 yanvarda u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Senat a’zosi etib tayinlandi va Senat raisi o‘rinbosarligiga saylandi.

Svetlana Ortiqova 2006 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov uni Senat a’zoligiga tayinlar ekan, shunday degan edi: 

“O‘ylaymanki, bu kishini ham ko‘pchilik, shu zalda o‘tirganlarning barchasi yaxshi biladi. Avvalo, uning yetarli bilim va tajribasini, malaka va mahoratini, obro‘-e’tiborini yuksak baholaydi, desam, xato bo‘lmaydi”.
 


Maqola muallifi

Teglar

Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

1743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing