O‘zbekistonda Tergov qo‘mitasi tuzish g‘oyasi “tagiga oldimi?”
Jamiyat
−
02 aprel 2022
9045O‘zbekistonda Tergov qo‘mitasini tuzish bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda. Hozirda xorijiy tajriba o‘rganilyapti. Bu haqda Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova matbuot anjumanida QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
“Tergov qo‘mitasini tuzish bo‘yicha muhokamalar ketyapti. Hozir olimlar, professor-o‘qituvchilar nuqtai nazaridan boshqa davlatlarning amaliyotini o‘rganyapmiz. Lekin o‘sha davlatlar bizga sal salbiyroq xulosalarni berishmoqda. “Biz davlatimizda tergov qo‘mitalarini tashkil qildik, lekin u qanchalik inson, jamiyat va davlat manfaatiga foyda berayotgani haqida baralla aytolmaymiz”, deyishyapti. Shunga muhokama ketyapti”, deydi Ortiqova.
Svetlana Ortiqova anjumanda shuningdek, tergov organlarida qiynoqlar saqlanib qolayotganini tan olib, bunday holatlar prokuraturada yo‘qligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda 16 iyul kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining dasturi va Saylovoldi dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida partiya mamlakatda Tergov qo‘mitasini tashkil etishni taklif qilib chiqqan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr