Ortiqova: “Kelinglar, bugundan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashaylik”
Jamiyat
−
11 iyun 2020
12853O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova mamlakatda hayot tarzini yaxshilash uchun avval korrupsiyaga qarshi kurashish, uni yo‘q qilish kerakligini ta’kidlamoqda. Bu haqda u bugun, 11 iyunda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkaziayotgan brifingda aytib o‘tdi.
“Agar men korrupsiyaga aralashmasam, davlat byudjetidan mablag‘larni talon-toroj qilmasam, ertaga mening oila a’zolarimning hayoti aylanib o‘rgilib, sifatli bo‘ladi. Chunki byudjet qanchalik boyisa xalq boy bo‘ladi, xalq boyisa, uning bir kichkina namoyandasi bo‘lib, Ortiqova ham boy bo‘ladi.
Siz bilan biz mana shuni har bir kallaga 25-kadr sifatida singdirsak, unda zo‘r bo‘ladi. Hayotimiz sifati nima degani? Ta’lim, tibbiyot, yo‘llar, qurilishlar va butun hayotimiz sifatli bo‘ladi degani. Kelinglar, bugundan boshlab, korrupsiyaga qarshi kurashaylik. Prezident g‘oyalarini mag‘zini chaqaylik va qaysi loyiha umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lsa, uni ekspertlar bilan maslahatlashib, keyin o‘z fikrimizni bildirsak, huquqiy davlatni qurayotgan ekanimizni isbotlagan bo‘lamiz”, dedi Ortiqova.
Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” qonun loyihasiga kiritilgan davlat xizmatchilarining daromadlar deklaratsiyasi topshirishi to‘g‘risidagi band barcha darajadagi amaldorlar uchun birdek amal qilmasligi munozaralarga sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi