Talonchilarni fuqarolikdan mahrum etish kerak – turkiyalik siyosatchi 

Olam

image

Turkiya Millatchilik harakati partiyasi yetakchisi Devlet Baxcheli zilzila hududidagi talonchilarni fuqarolikdan mahrum qilish, agar ular qochoq bo‘lsa, deportatsiya qilishga chaqirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

“Zilzila sodir bo‘lgan hududda o‘g‘rilik bilan shug‘ullangan uyatsizlarni fuqarolikdan mahrum etish, agar ular qochqin bo‘lsa deportatsiya qilish kerak”, deydi partiya yetakchisi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan Turkiyaning janubi-sharqidagi o‘nta viloyatda favqulodda holat e’lon qilinganidan so‘ng, prokurorlar talonchilik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun odamlarni qo‘shimcha uch kunga hibsga olishlari mumkinligi aytilgan edi. Gumonlanuvchilar respublikaning sakkiz viloyatida qo‘lga olingan va so‘roq qilingan edi.

Avvalroq Turkiyadagi zilzila qurbonlariga yordam berayotgan qutqaruvchilar talonchilar tufayli mamlakatni tark etishni boshlagan edi. Isroilning “Yunayted Hatzalah” qidiruv-qutqaruv guruhi olti kunlik muddatdan so‘ng guruhga nisbatan xavfsizlikka jiddiy tahdid mavjudligi sababli Turkiyani tark etgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing