Talabalarning kutilmagan ta’tili bo‘yicha izoh berildi

Jamiyat

image
Shoshilinch xabar: O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi north_east

Shoshilinch xabar: O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

Avvalroq, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari mamlakatga koronavirus kirib kelishi, uning tarqalishi uchun maxsus cheklovlar joriy etilgani sababli ikki hafta muddatga ta’tilga chiqarilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi ushbu majburiy ta’til bo‘yicha izoh berdi.

Unga ko‘ra, vazirlik tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish  maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

•    barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020 yil 16 martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi;

•    boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi: 

- O‘zMU,  vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, O‘zDJTU, TTA TTJ va o‘quv binosi, TIQXMMI TTJ, TDPU TTJ; 

•    vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan. Undan so‘ng yana uch kishida koronavirus aniqlandi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing