Uganda Kongodan qaytgan fuqarolarni Ebola sabab karantinga oladi
Olam
−
09:22 361 2 daqiqa
Uganda Kongo Demokratik Respublikasiga safar qilgan va mamlakatga qaytgan fuqarolarni 21 kunlik karantinga joylaştiradi. Bu haqda keça, 25 oktyabr kuni mamlakat Soğliqni saqlaş vaziri Kris Bariomunsi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, bu çora Ebola virusi tarqalişining oldini oliş maqsadida joriy etilmoqda. Uganda hukumati iyul oyida mamlakatda sönggi Ebola epidemiyasi yakunlanganini e’lon qilgan. Biroq yaqinda Uganda orqali ötgan ikki kişida Keniya va Nigeriyada Ebola virusi aniqlangani xavotirlarni kuçaytirgan.
Nigeriyada virus aniqlangan 42 yoşli ayol Şveysariya diplomati rafiqasi bölib, joriy yilning 3 oktyabr kuni Uganda orqali Efiopiyaning Addis-Abeba şahri orqali Abudjaga borgan. Hozir u izolyatsiyada, ahvoli esa ança yaxşilangan. U bilan aloqada bölgan 53 kişi aniqlangan.
Şveysariya rasmiylari ayol virusni Ugandada yuqtirgan bölişi mumkinligini bildirgan. Biroq Uganda soğliqni saqlaş vaziri bu xulosani erta deb atagan. Uning aytişiça, ayol bilan Kampalada uçraşgan qarindoşlari avval Kongo Demokratik Respublikasiga borgan.
Keniyada Ebola aniqlangan birinçi bemor ham Kongodan Uganda orqali ötgan va 3 oktyabr kuni Entebbe aeroportidan Nayrobiga uçgan. U ikki kundan keyin vafot etgan. Har ikki mamlakatda kasallik aniqlangan bemorlar bir kunda Entebbe aeroporti orqali ötgan, biroq ular özaro bevosita aloqada bölmagan. Bu aeroport kuzatuv kameralari yozuvlarini tekşiriş orqali aniqlangan.
Vazirning ma’lum qilişiça, Keniyadagi holat bilan boğliq 60 kişining 21 kunlik kuzatuv muddati yakunlangan va ular nazoratdan çiqarilgan.
Uganda hukumati Entebbe xalqaro aeroporti hamda quruqlikdagi çegara punktlarida yölovçilarni tekşirişni kuçaytirgan. Mamlakatga havo, quruqlik yoki suv yöli orqali kiradigan barça yölovçilar maxsus anketa töldirişi kerak.
Bundan taşqari, keça, 25 oktyabr kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Kongo Demokratik Respublikasining Bafvasende şahrida Ebola xavfi böyiça çaqiruvga javob berayotgan tibbiyot xodimlariga hujum qilinganini ham ma’lum qilgan. Hodisa oqibatida bir hamşira halok bölgan, yana bir tibbiyot xodimi oğir yaralangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nigeriya poytaxti Abudjada ham Ebola virusi bilan kasallaniş holati qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi