Shoshilinch xabar: O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image
Koronavirusni yuqtirib olgan bemor haqida to‘liq ma’lumot berildi north_east

Koronavirusni yuqtirib olgan bemor haqida to‘liq ma’lumot berildi

Joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus bilan xastalangan ilk bemor aniqlangan edi. Bugun, 16 mart kuni soat 00:52 da Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga chalingan yana uch bemor aniqlanganini xabar qildi. Qayd etilishicha, yangi bemorlardan ikki nafari – koronavirusni yuqtirib olgan birinchi o‘zbekistonlikning farzandlari.

"Ayni paytda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda. Nazorat kuchaytirilmoqda", deyiladi SSV xabarida. 

Ma’lum qilinishicha, bemor bilan birga muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgan. Mutaxassislar tomonidan ularga tibbiy nazorat o‘rnatilib, ixtisoslashgan laborator tahlildan o‘tkazilgan. Tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan. 

Shu yilning 15 mart kuni soat 05:15 da "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasiga qarashli Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan.

Laborator tahlil respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida o‘tkazilgan. Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1686

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made