Talabalar stipendiyasi bo‘yicha yangi qaror qabul qilinadi

Jamiyat

image
Superkontraktning 50 foizini to‘laganlar talaba bo‘ladi north_east

Superkontraktning 50 foizini to‘laganlar talaba bo‘ladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilinadi. Hozirda qaror ishlab chiqilgan va loyiha ustida muhokamalar davom etyapti. Bu haqda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

“Bugun Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bilan talabalarga stipendiya tayinlash tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokama qildik.

Ko‘pchilik talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda men tomonimdan bildirilgan takliflar ham loyihada aks ettirilib, ushbu qaror qabul qilinishi bilan a’lochi, faol, besh bahoga o‘qiyotganlar ilgarigidek yuqori, to‘rtga o‘qiyotganlar esa o‘z nomi bilan to‘rtlik, uch bahoga o‘qiganlar esa uchlik stipendiya olishi kutilmoqda.

Oddiy aytganda, har kim o‘z intilishi va izlanishiga qarab stipendiya oladi.

Loyihada yana bir qator yaxshi yangiliklar bor. Yaxshisi tez kunlarda qabul qilingach, bilib olamiz.

Nasib bo‘lsa hujjat tez kunlarda qabul qilinadi”, degan deputat ijtimoiy sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarning bahoga qarab tabaqalashtirilgan stipendiya olish tartibi bekor qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba stipendiya

Baholaganlar

737

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing