3 mln söm stipendiya: 2027 yildan oliygohlarda rezidentura bepul böladi
Salomatlik
−
12:44 1340 2 daqiqa
Özbekistonda 2027 yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi böyiça öqiş – rezidentura bepul böladi. Talabalarga 3 million söm stipendiya tölanadi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvda ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, yönalişga qarab rezidentura ikki yildan beş yilgaça davom etadi. Oilaviy şifokorlik böyiça öqiş ikki yil, jarrohlik böyiça esa beş yil böladi.
Oliygohlarga klinikalar boğlanib, “universitet klinikasi” tizimi joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bölişi kerakligi körsatib ötilgan.
Tadqiqotlarda taşxis aniqligini oşiriş, davolaş samarasini yaxşilaş va asoratlarni kamaytirişga e’tibor qaratiladi.
Kun sain tibbiyotga yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolaş usullari kirib kelmoqda.
“Tibbiyot xodimlari doim öz ustida işlaşi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak!” deydi Prezident.
Şu bois, xodimlar malakasini oşirişga xususiy sektor faol jalb etiladi. Tibbiyot xodimlari qayerda malaka oşirişni özlari mustaqil tanlaydi.
Birlamçi böğin va tumanlardagi xodimlarning malaka oşiriş xarajatlari töliq qoplanadi. Mazkur xarajatlarni davlat öz zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda işlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard söm mablaği özida qoladi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr