Tarbiyachilar uchun oliygohlardagi o‘qish muddati qisqaradi

Jamiyat

−

image

Kelasi o‘quv yilidan O‘zbekistonda tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

“Ayollar ishli bo‘lsa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishiga ko‘proq sharoit yaratiladi”, deydi Prezident. 

Shu bois kelasi yil 1 yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli byudjet hisobidan qoplanadi. 

Bog‘cha tarbiyachilariga ishlab turib oliy ma’lumot olish imkoni yaratilgan. Joriy yil ularning 7 ming nafari oliygohga kirdi: haftada besh kun ishlab, bir kun o‘qimoqda. 

Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. 

Bog‘chada kamida besh yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing