Tailand o‘zbekistonliklarga vizasiz tartib joriy qildimi? TIV vakili izoh berdi
Jamiyat
−
05 iyun
7295Avvalroq,Tailandga 60 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni amaldagi 57 tadan 93 taga ko‘paygani, 36 ta yangi davlatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiritilgani xabar qilingandi. Ushbu masala bo‘yicha O‘zbekistonning Bangkokdagi bosh konsulxonasi Tailand Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Tailand TIV Konsullik departamenti ma’lumotiga ko‘ra, viza rejimining uzaytirilishi to‘g‘risida hozircha rasman hech qanday ma’lumot e’lon qilingani yo‘q.
"Tailand TIV mintaqaviy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha hukumat qarori mavjud va bu bo‘yicha Konsullik departamenti tomonidan Tailandning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga tegishli yo‘riqnoma yuboriladi va TIV saytida rasmiy ma’lumot chop etiladi", deydi Burxonov.
Qayd etilishicha, bir tomonlama joriy etilayotgan viza rejimini soddalashtirish tartibi ma’lum muddatdan so‘ng bekor qilinishi mumkin. TIV matbuot kotibi vazirlik Tailand tomonidan rasmiy nota olinishi bilan qo‘shimcha xabar berishini bildirgan.
LiveBarchasi