Svetlana Tixanovskaya xalqaro qidiruvga berildi
Olam
−
16 Oktabr 2020
14466Belarus Prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya davlat xavfsizligiga tahdid qilishga qaratilgan harakatlarni sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Belarus Tergov qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
“Svetlana Tixanovskaya ommaviy axborot vositalari yoki internetdan foydalangan holda amalga oshirilgan Belarus Respublikasi milliy xavfsizligiga tahdid qilishga qaratilgan harakatlar va chaqiruvlar xalqaro qidiruvga berildi", deyiladi xabarda.
Unda Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 361-moddasi 3-qismi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishini tergov qilishni davom ettirayotgani aytilgan.
"Tergov jarayonida Muvofiqlashtiruvchi kengash deb nomlangan tashkilotga a’zo bo‘lgan shaxslar Belarus Respublikasi milliy xavfsizligiga zarar yetkazadigan, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va axborot holatini beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarni sodir etganliklarini ko‘rsatuvchi dalillar qo‘lga kiritildi", deyiladi mamlakat Tergov qo‘mitasida xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Prezidentlikka sobiy nomzod Tixanovskaya Rossiya Federatsiyasi hududida ham qidiruvga berilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz, uning asosiy raqibi – muxolif nomzod Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz yig‘di.
LiveBarchasi