Surxondaryodagi omborxonada yirik yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
09 avgust 2023 9668 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan omborxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, bugun, 9 avgust kuni soat 14:01 da Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Bunyodkor” MFYda joylashgan “Farg‘ona azot” Aksiyadorlik jamiyatiga qarashli omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:10 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida taxminan 70-80 metr kvadrat maydonda omborxonaning ichida bo‘lgan ko‘mir yonib zararlangan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda” deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin poytaxt Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqqan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust