Surxondaryoda salkam 450 mln so‘mlik ko‘mirni sotib, pulini “uxlatgan” shaxs ushlandi
3-sahifa
−
19 Oktabr
3587Surxondaryo viloyatida umumiy bahosi 447,2 mln so‘m bo‘lgan jami 1 470 tonna ko‘mirni qimmat narxlarda sotib yuborgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Uzun tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.M. “Erkinlik” MFY hududidagi noturar binoda saqlab kelgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan har bir qopi 20 kg bo‘lgan jami 5 000 qop ko‘mirni fuqaro A.A.ga 100 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Uzun tumani ombori mudiri E.R. kuz-qish mavsumida tuman aholisi va tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun olib kelingan umumiy bahosi 447,2 mln so‘m bo‘lgan jami 1470 tonna ko‘mirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga sotib yuborib davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi, xususan 2023 yilning sentyabr oyida tadbir davomida ushlangan F.M. 180 tonna ko‘mirni 120 mln so‘mga sotganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda ijtimoiy soha ob’ektlarini ko‘mir bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlangan edi.
LiveBarchasi