Surxondaryoda ayol zo‘rlanganini aytmoqda
Jamiyat
−
24 may 2021
22221Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda ayol kishining nomusiga tegilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIBning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, ma’lumot berildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 9 may kuni fuqaro P.G. ismli ayol Oltinsoy tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 8 may kuni soat 23:00 larda “Ipok” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.O. Nexia rusumli avtomashinada Oltinsoy daryosi bo‘yiga olib borib, nomusiga tegmoqchi bo‘lganligini, P.G. rozi bo‘lmagandan so‘ng uni “Ipok” mahallasida joylashgan “Shox nur fayz” MCHJ binosining xonasiga olib borib, jinsiy aloqa qilganligini, jinsiy aloqadan so‘ng xonadan tashqariga chiqarib yuborganini aytgan. P.G. MCHJ xonasida unga tegishli bo‘lgan narsa-buyumlar qolganini hamda narsalarini qaytarilishida va fuqaro Sh.O.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishida amaliy yordam so‘ragan.
Fuqaro P.G. ismli ayolning arizasi shu kuni tuman IIB navbatchilik qismining kitobida qayd qilinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish tergov guruhiga yuklatilgan.
9 may kunida fuqaro P.G. ismli ayolning va Sh.O.ning tanasida tan jarohatlari va ularning izlari mavjudligini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining 9 may kunidagi xulosasiga ko‘ra, fuqaro P.G. ismli ayolning o‘ng yelka o‘rta uchligi ikki tomondan qontalash aniqlangan, og‘irlik darajasiga ko‘ra “yengil” tan jarohati toifasiga kirishi ko‘rsatilgan, P.G. ismli ayolning tanasining boshqa joylarida tan jarohatlari aniqlanmagan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining 9 may kunidagi xulosasiga ko‘ra fuqaro O.Sh.ning tanasida biron-bir tan jarohatlari va ularning izlari aniqlanmagan.
9 may kunida fuqaro P.G. ismli ayolning ko‘rsatuvlariga asosan Oltinsoy daryosining oldi va “Ipok” mahallasida joylashgan “Shox nur fayz” MCHJga tegishli bo‘lgan binoning xonasi JPK talablariga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida olingan narsa-buyumlarda ishga alokadorligi va xolatga oydinlik kiritish maksadida bir kator tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Hozirda, Oltinsoy tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi