Kelinni zo‘rlaganlar bittaga ko‘paydi. 6 kishiga jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Andijonda 5 erkak 5 oylik kelinchakni zo‘rlagani haqida xabarlar tarqalgani, holat bo‘yicha viloyat IIB surishtiruv o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ mazkur holat bo‘yicha Bosh prokuraturadan qo‘shimcha ma’lumot oldi.

Unga ko‘ra, 18 yoshli fuqaro O.O. 13 may kuni 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, fuqarolar S.A. va M.O. uni zo‘rlaganini aytgan. Mazkur holatda 6 kishi – S.A., M.O., M.A., J.M., J.X. va A.B. aybdor deb gumon qilinyapti.

Fuqaro O.O. o‘zining ko‘rsatmasida 13 may kuni turmush o‘rtog‘i O.O. bilan birgalikda Andijon tumani “Qoraqolpoq” MFY Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala shiyponiga dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanish uchun borganini aytgan. O.O. soat 16:00 da bir o‘zi chaylada qolgan vaqtida o‘ziga tanish bo‘lgan S.A. mast holatda kelib, o‘zini va turmush o‘rtog‘i O.O.ni tanishini, ularning uyiga o‘tin olib berganini aytib, uning egnida bo‘lgan ko‘ylak va lozimlarini yechib tashlab, 30 daqiqa davomida jinsiy aloqada bo‘lganini bildirgan.

Shundan keyin S.A. o‘zining sheriklarini chaqirgan, ular ham chayla ichiga kirib, O.O.ning qo‘llarini ushlab turgan va S.A. esa bir soat vaqt davomida jinsiy aloqa qilgan. S.A.dan keyin M.O. ham chayla ichiga kirib, O.O.ni tovuq katagi ichiga olib kirib, qo‘llarini arqon yordamida bog‘lab, 30 daqiqa jinsiy aloqa qilgan.

Shundan so‘ng, O.O. turmush o‘rtog‘i O.O.ning oldiga borib, u bilan qo‘ylarni boqqan. Shu kuni soat 20:30 laprda jinsiy a’zosidan qon kelib, xomilasi qimirlamay qolgan. Keyin esa O.O. turmush o‘rtog‘iga S.A. va M.O. ismli shaxslar uni zo‘rlaganini aytib bergan.

Fuqarolar M.O., S.A., M.A., J.X. va A.B. o‘zlarining ko‘rsatmalarida haqiqatdan ham 13 may kuni kuni soat 14:00 larda, Andijon tumani “Qoraqolpoq” MFY Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala maydoni tomonga cho‘milish uchun borganligini, shu yerda bo‘lgan “Qoradaryo” soyida cho‘milishganini, biroq shu kuni O.O.ni ko‘rmaganini va u bilan jinsiy aloqada bo‘lmaganini bildirganlar.

Bugun, 16 may kuni mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Andijon zo'rlash

Baholaganlar

4875

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing