Suriyadagi terrorchilarga qo‘shilgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi  

3-sahifa

image

Avvalroq, Suriyadagi terrorchilar safida jang qilgan jizzaxlik yigit O‘zbekistonga qaytarilgani xabar qilingandi. Endilikda unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bildirilishicha, 2000 yilda tug‘ilgan D.R. 2023 yilda Instagram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanib, faoliyati taqiqlangan “Tavhid va Jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlarining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. 

U mazkur tashkilotning Suriyadagi tarafdorlari safiga borib qo‘shilgan va terrorchilik tashkilotida turli g‘oyaviy va harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotib, Suriya davlati armiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyot natijasida jiddiy jarohat olgan.
 
2023 yil 27 noyabr kuni esa D.R.ning sog‘lig‘i yomonlashib, “Tavhid va Jihod” tashkiloti a’zolari ko‘magi bilan Suriyadan Turkiyaga davolanish maqsadida o‘tgan va aynan shu vaqtda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Joriy yilning 14 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiobod tuman sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, D.R.ga nisbatan tegishli moddalarga asosan 6  yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya O'zbekiston terroristik tashkilot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing