Super-kontrakt miqdori e’lon qilindi
Jamiyat
−
05 sentabr 2023 46476 1 daqiqa
2023-2024 o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 56,7 dan kam ball to‘plagan, qabul chegarasiga 4,05 dan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, qo‘shimcha qabul kvotasida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori asosan oddiy kontrakt miqdorining 8 barobari etib vayd etilgan. Bundan tashqari, ba’zi yo‘nalishlarda ushbu miqdor 10, 12, 15, 17 barobarni tashkil etadi. Faqatgina huquq sohasidagi 2 ta yo‘nalish uchun 25 barobar super-kontrakt miqdori belgilangan.
Ma’lumot uchun, qabul chizig‘iga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun kontraktning 1,5 barobari, 1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun 2 barobari, 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun 2,5 barobari va 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun 3 barobari miqdorida to‘lov belgilangan. Yuqorida keltirilgan summa faqatgina 4 dan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, yotoqxonadan joy olishda imtiyozga ega talabalar toifasi e’lon qilindi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr