Kimlar yotoqxonada bepul turishi mumkin?
Jamiyat
−
02 Sentabr 2023
78444 sentyabr kuni ta’lim muassasalarida navbatdagi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish ishlari boshlangan. Ushbu jarayonda ijara to‘lovini to‘lashda ma’lum toifadagi talabalar uchun imtiyozlar ajratiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, imtiyozning miqdorini oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu ular quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
• yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etish;
• umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma berish.
Birinchi turdagi imtiyoz quyidagi toifadagi talabalarga beriladi:
• ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
• chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
• mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
• hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
Umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, shuningdek, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga esa 50 foiz miqdorda chegirma berilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Toshkent shahrida 48 ming 976 nafar talaba(30 foiz)ning turar joyga ehtiyoji mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 24 ming 254 nafar talabani joylashtirish imkoni mavjud jami 8 ming 438 ta ijara xonadonlarining manzilli ro‘yxatlarini shakllantirgan.
LiveBarchasi