Abituriyentlarga 1-yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi
Jamiyat
−
14:07 707 1 daqiqa
2026/2027-o‘quv yili kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, 2–5-yo‘nalishlardan biriga grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun o‘z xohishiga binoan 1-tanlagan yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tanlovda ishtirok etib, 2–5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga ruxsat berilgan (maqsadli qabul asosida tavsiya qilinganlar bundan mustasno).
Bunda o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan amalga oshiriladi.
Bildirilishicha, mazkur tartib barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan OTTlarga ham tatbiq etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilda oliy ta’limga kirishda maksimal – 189 ball olgan maktab bitiruvchilari soni o‘tgan yilga nisbatan 8 barobarga oshgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi