Talabalarning kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
17:52 2925 1 daqiqa
Talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 2026 yil 31 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026 yil 31 yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bunda:
- qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Qayd etish joiz, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.