Talabalar Gemini AI Plus’dan bir yil bepul foydalanişi mumkin

O‘zbekiston

−

image

Talabalar Google’ning Gemini AI Plus sun’iy intellekt xizmatidan 12 oy davomida bepul foydalaniş imkoniyatiga ega böldi. Buning uçun HEMIS ilovasidan talabalik guvohnomasi va öqiş joyidan ma’lumotnomani yuklab olib, Gemini orqali maxsus taklifga ariza yuboriş kerak. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bepul obunani faollaştiriş uçun dastlab HEMIS mobil ilovasiga kirib, “Hujjatlar” bölimi orqali talaba ID guvohnomasi va öqiş joyidan ma’lumotnomani yuklab oliş lozim. Keyin Gemini ilovasida profil menyusi oçilib, Google AI Plus bölimiga ötiladi. U yerda talabalar uçun maxsus taklif tanlanib, “Kiriş huquqini oliş” va “Davom etiş” tugmalari bosiladi. Şundan söng mamlakat va ta’lim muassasasi körsatilib, ism-familiya, tuğilgan sana hamda elektron poçta manzili kiritiladi.

Keyingi bosqiçda HEMIS orqali olingan talabalik guvohnomasi va öqiş joyidan ma’lumotnoma tizimga yuklanib, ariza yuboriladi. Ariza tasdiqlanganidan söng tölov kartasi ma’lumotlarini kiritiş orqali obunani faollaştiriş mumkin.
Google AI Plus obunasi bir qator sun’iy intellekt vositalari va qöşimça xizmatlardan foydalaniş imkonini beradi. Jumladan, Gemini ilovasidagi foydalaniş limitlari ikki baravar oşiriladi hamda ilğor Flash Thinking modeliga kiriş oçiladi.

Şuningdek, Google Photos, Google Drive va Gmail xizmatlari uçun 400 GB bulutli xotira taqdim etiladi. Obunaga kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratişga möljallangan Google Flow vositasi, Gmail içida Gemini’dan foydalaniş, Notebook’ning tadqiqotga yordam beruvçi funksiyalari hamda sun’iy intellekt asosida işlaydigan musiqa studiyasidan qöşimça foydalaniş imkoniyatlari ham kiradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing