Talabalar uchun qishki ta’til muddati e’lon qilindi
O‘zbekiston
−
05 Dekabr 2024 36710 1 daqiqa
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qishki ta’til 25 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga joriy o‘quv yili uchun beriladigan qishki ta’til 2024 yilning 25 dekabridan 2025 yilning 7 yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr