Tibbiyotda super-kontrakt bekor qilinishi mumkin

Jamiyat

image

2026-2027 o‘quv yilidan boshlab tibbiyot yo‘nalishlarida oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda tibbiyot va farmasevtika ta’limi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, kelgusi o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida oshirilgan kontrakt amaliyoti to‘xtatiladi. Qabul jarayoni shaffoflik va sifat mezonlari asosida tashkil etiladi.

Yangi tartibga asosan:

  • bakalavriat, magistratura va rezidentura bosqichlarida har bir o‘quv moduli hamda davlat imtihonlari uchun minimal o‘tish balli belgilanadi;
  • shifokor mutaxassisliklari uchun o‘tish bali kamida 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun esa 60 foiz etib belgilanadi;
  • tor soha mutaxassislari faqat rezidentura va magistratura orqali tayyorlanadi, qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari bekor qilinadi;
  • birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul to‘xtatiladi.

Mazkur o‘zgarishlar tibbiyot ta’limi sifatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning ijara puli to‘lab berilmayotgani haqida xabar berilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

tibbiyot bakalavriat farmasevtika 2026-2027 o'quv yili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing