So‘nggi soatlarda 9 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 9 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

2020 yil 18 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2762 nafarni tashkil qilmoqda. Qayd etilgan 9 nafar yangi kasallanish holatlarining 3 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda (ulardan 2 nafari charter reysi orqali BAAdan olib kelingan va 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan) hamda 6 nafar (barchasi Navoiy viloyatidan) oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2247 nafari sog‘aygan va 12 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made