So‘nggi ikki hafta ichida ilk bor sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan oshdi

Jamiyat

image

Bugun O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 83 nafar bemorning 74 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 1 nafari aholi orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 106 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 43 nafari Toshkent shahridagi, 42 nafari Navoiy viloyatidagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi hamda 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3843 nafar bemordan 3014 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 813 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing