So‘nggi chora ishga solinmoqda: Jokovich ishi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi
Sport
−
14 yanvar 2022
3153Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirlarining 20 karra chempioni, serbiyalik Novak Jokovichning mamlakatda qolishi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘rovnoma qatnashchilarining aksariyat qismi uni mamlakatdan deportatsiya qilishni talab qildi. Unda Avstraliyaning 60 ming aholisi ishtirok etgan.
Avvalroq, Jokovichning vizasi ma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilingan va maxsus mehmonxonaga joylashtirilgan edi. Bir necha kundan so‘ng, sud viza noqonuniy ravishda bekor qilingani haqida qaror chiqardi va jahonning 1-raqamli tennischisi mehmonxonadan qo‘yib yuborildi. Novak Avstraliya ochiq chempionatida birinchi raqamda saralangan. U musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 34 yoshli Novak hali ham Avstraliyadan deportatsiya qilinishi mumkin – Immigratsiya vaziri bunday huquqqa ega.
Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlashga bo‘lgan munosabati tufayli o‘z homiylaridan keladigan 30 million dollarni yo‘qotishi mumkinligi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi