Sobolenko va Jokovich juftligi omadsizlikka uchradi
Sport
−
14:29 415 1 daqiqa
Kecha, 25 avgust kuni dunyoning birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko va serbiyalik tennischi Novak Jokovich “Katta dubulg‘a” turnirlarining mavsumdagi so‘nggi musobaqasi – “US Open”ning aralash juftlik bahslarida birinchi bosqichdayoq mag‘lub bo‘ldi.
Turnirda birinchi raqam ostida saralangan Sobolenko va Jokovich chexiyalik Katerina Sinyakova hamda britaniyalik Henri Patten juftligiga 4/1, 2/4 (2/10) hisobida imkoniyatni boy bergan.
Keyingi bosqichda Sinyakova va Patten ukrainalik Elina Svitolina hamda fransiyalik Gael Monfis juftligiga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi “US Open” turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 108 million dollarni tashkil etadi.
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida g‘oliblar 5,5 million dollardan, finalchilar esa 2,8 million dollardan mukofot oladi. Juftlik va aralash juftlik bahslarida g‘oliblarga 1 million dollardan, finalchilarga esa 500 ming dollardan beriladi.
“US Open” mavsumning so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri hisoblanadi. Musobaqa qattiq qoplamali kortlarda o‘tkaziladi va joriy yilning 13 sentyabrga qadar davom etadi.
Live
Barchasi