O‘zbekistonning birinchi raketkasi yana o‘zgardi

Sport

image

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionati yakunlaridan so‘ng WTA tennischilar reytingini yangiladi. Unda O‘zbekistonning birinchi raketkasi yana o‘zgardi.

Qisqa muddat davomida mamlakatning birinchi raqami bo‘lib turgan Mariya Timofeyeva bu maqomni Kamilla Rahimovaga qaytardi. Har ikki tennischi ham “US Open-2026” turnirining asosiy to‘rida ishtirok etdi. Timofeyeva ikkinchi, Rahimova esa uchinchi davraga qadar yetib bordi.

Rahimova reytingda birdaniga 16 pog‘ona yuqorilab, 76-o‘ringa ko‘tarildi. Timofeyeva esa bir pog‘ona pastlab, 87-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova 6 pog‘ona pastlab, Top-100’talikni tark etdi. Polina AQSH Ochiq chempionati saralash bosqichining chorak finalida chexiyalik Linda Fruxvirtovaga 1:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

WTA reytingida qariyb ikki yildan buyon yetakchilik qilib kelayotgan Arina Sobolenko birinchi o‘rinni Qozog‘iston tennischisi Yelena Ribakinaga bo‘shatib berdi. Shu tariqa, Ribakina jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan Qozog‘iston tarixidagi ilk tennischiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yelena Ribakina “US Open” finalida Arina Sobolenkoni mag‘lub etgani haqida xabar berilgandi. Bu orqali Yelena Ribakina 5,5 million AQSH dollari mukofot puli oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing