Özbekistonning birinçi raketkasi mavsumni yakunladi

Sport

−

image

Özbekistonning birinçi raketkasi Kamilla Rahimova 2026 yilgi mavsumni yakunladi. Bu haqda haqda u özining Instagram sahifasida e’lon qildi.

“2026 yil, tamom! Saboqlar, qiyinçiliklar, ösiş va unutilmas xotiralarga boy mavsum. Erişilgan natijalardan taşqari, bu sayohatni öziga xos qilgan narsalar – insonlar, birgalikdagi lahzalar, maşaqqatli mehnat va qilingan barça qurbonliklardir. Har doim minnatdorman, ammo yanada köproğiga erişiş istagidaman. Endi yangi bobga ötamiz. 2027 yilda körişgunça!” deb yozdi Rahimova.

Özbekistonlik tennisçining mavsumdagi sönggi turniri Tokioda ötkazilgan WTA 500 musobaqasi böldi. Joriy yilning 31 oktyabr kuni u yarim finalda kanadalik Leyla Fernandesga 5:7, 3:6 hisobida mağlub böldi.

Rahimova musobaqada rossiyalik Yekaterina Aleksandrova va avstraliyalik Mayya Joyntni mağlub etib, yarim finalga qadar yetib bordi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kamilla Rahimova WTA reytingida 22 poğona yuqorilab, dunyoning 44-raketkasiga aylangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing