Kamilla Rahimova dunyoning eng kuçli 50 tennisçisi qatoriga kirdi

Sport

−

image

Özbekistonning birinçi raketkasi Kamilla Rahimova Xalqaro ayol tennisçilar assotsiatsiyasi (WTA) reytingida 22 poğona yuqorilab, dunyoning 44-raketkasiga aylandi. Bu haqda WTA’ning yangilangan reytingida köriş mumkin.

Rahimova bu natijaga Yaponiyaning Tokio şahrida ötkazilayotgan WTA 500 turnirida yarim finalga qadar yetib borgani evaziga erişdi. Şuningdek, u Mariya Timofeyevani ortda qoldirib, Özbekistonning birinçi raketkasi maqomini qaytarib oldi. Bu Kamilla uçun faoliyatidagi eng yuqori reyting natijasi hisoblanadi.

Özbekistonning ikkinçi raketkasi Mariya Timofeyeva ham reytingda ikki poğona kötarilib, 70-örinni egalladi. Mamlakatning uçinçi raketkasi Polina Kudermetova esa ötgan haftaga nisbatan ikki örin pastlab, 93-poğonadan joy oldi.

WTA reytingi kuçli önligida ham bir qator özgarişlar kuzatildi. Amerikalik tennisçilar Koko Goff va Jessika Pegula özaro örin almaşdi. Çexiyalik Linda Noskova 9-örindan 8-poğonaga kötarildi, polşalik Iga Svyontek esa aksinça, 8-örindan 9-poğonaga tuşdi.

Qozoğistonlik Yelena Ribakina WTA reytingida peşqadamlikni saqlab qoldi. Kuçli uçlikdan belaruslik Arina Sobolenko va rossiyalik Mirra Andreyeva ham joy olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing