Kamilla Rahimova Tokiodagi turniri yarim finaliga yöl oldi

Sport

−

image

Bugun, 29 oktyabr kuni dunyo reytingida 66-örinni egallab turgan özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio şahrida ötkazilayotgan WTA 500 turnirida yarim finalga yöl oldi.

Kamilla Rahimova çorak final bahsida jahon reytingida 94-örinda borayotgan avstraliyalik Mayya Joyntni uç set natijasiga köra, 7:5, 5:7, 6:1 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv 2 soat 22 daqiqa davom etdi.

Bahs davomida Rahimova bitta eys qayd etdi, oltita qöş xatoga yöl qöydi va beşta breyk-poyntdan unumli foydalandi. Joynt esa törtta eys amalga oşirdi, qöş xato qilmadi va uçta breyk-poyntni yutdi.

Endilikda Kamilla Rahimova turnir yarim finalda  Yelena Ribakina (Qozoğiston, 1) va Leyla Fernandes (Kanada, 23) örtasidagi uçraşuv ğolibiga qarşi kortga çiqadi.

Ma’lumot uçun, Tokiodagi musobaqa joriy yilning 1 noyabrga qadar davom etadi. Uning amaldagi çempioni şveysariyalik Belinda Bençiç hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing