Sudandagi qurolli to‘qnashuvlarda 56 kishi halok bo‘ldi, 600 ga yaqin shaxs jarohatlandi 

Olam

image

Avvalroq Sudanda armiya va tezkor harakat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. To‘qnashuvlar oqibatida 56 kishi vafot etdi, 595 nafar shaxs esa jarohatlandi. Bu haqda mamlakat shifokorlar qo‘mitasi Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xartum sharining o‘zida 17 kishi halok bo‘lgan, 302 kishi jarohatlangan.

Suveren kengashga (mamlakat boshqaruv organi) ham rahbarlik qilayotgan armiya qo‘mondoni Abdulfattoh al-Burxon va uning kengashdagi o‘rinbosari maxsus kuchlar qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli Sudanda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Kecha, 15 aprel kuni avj olgan to‘qnashuvlar 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin boshlangan siyosiy inqirozning davomi ekani aytilmoqda. Tezkor harakat kuchlari va armiya ikki yildan beri o‘tish davri hukumatini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagan turli siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan qurolli to'qnashuvlar\ Xartum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing