Oltin koniga berilgan aviazarba oqibatida 72 kishi halok bo‘ldi

Olam

−

image

Sudanning Misr bilan bahsli chegara hududidagi oltin koniga berilgan aviazarba oqibatida kamida 72 nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 10 oktyabr kuni Sudan shimolidagi Vadi hududida, Jabal al-Uqaydat tog‘li mintaqasidagi oltin qazib olish maydonida sodir bo‘lgan. “Emergency Lawyers” huquq himoyachilari tashkiloti dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 72 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini bildirgan.

Hujum oqibatlarini mustaqil ravishda tekshirish imkoni bo‘lmagan. Misr hukumati esa hozircha voqea yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil mazkur chegara hududidagi oltin koniga uyushtirilgan ikkinchi shunday hujum hisoblanadi. Iyun oyida ham shu hududdagi oltin qazib olish maydoniga berilgan aviazarba oqibatida 23 nafar ishchi halok bo‘lgani xabar qilingan. O‘shanda Misr harbiylari o‘z hududida noqonuniy oltin qazib olishga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazganini ma’lum qilgan.

Sudan va Misr o‘rtasidagi chegara hududining bir qismi, jumladan, tabiiy resurslarga boy Halaib uchburchagi ikki davlat o‘rtasida bahsli hudud hisoblanadi. Sudanlik huquq himoyachilari so‘nggi hujum Sudan hududida amalga oshirilganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sudanning G‘arbiy Kordofan provinsiyasida joylashgan “Al-Zara” oltin konining o‘pirilib tushishi oqibatida kamida 67 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing