Oltin koni qariyb 70 kishini bosib qoldi

Olam

image

Sudanning G‘arbiy Kordofan provinsiyasida joylashgan “Al-Zara” oltin konining o‘pirilib tushishi oqibatida kamida 67 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni “Sudan Tribune” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘pirilishga yaqinda kuchli yomg‘irlar sababli yumshab qolgan tuproq sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Nashrning qayd etishicha, oltin qazib oluvchi konlardagi o‘pirilishlar Sudanda tez-tez sodir bo‘lib turadi, chunki iqtisodiy inqiroz sharoitida jon saqlash uchun millionlab odamlar foydali qazilmalarni xavfli usulda qazib olish bilan shug‘ullanadi.

Ma’lumot uchun, Sudanda 2023 yil 15 aprelidan beri Tezkor reaksiya kuchlari va mamlakat Qurolli kuchlari o‘rtasida nizo davom etmoqda. Harbiy harakatlar oqibatida kamida 150 ming kishi halok bo‘lgan, 14 milliondan ortiq kishi esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Hozirda harbiylar mamlakat shimoli va sharqini nazorat qilmoqda, Tezkor reaksiya kuchlari esa janub va Darfur mintaqasini o‘z qo‘lida ushlab turibdi.

Sudan janubidagi En-Nuxud shahrida joylashgan “Al-Zara” koni Tezkor reaksiya kuchlari nazorati ostida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamerundagi oltin konida yuz bergan o‘pirilish oqibatida 107 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing