Sud Saakashviliga yana 9 yil qamoq jazosi tayinladi
Olam
−
12 mart
4094Tbilisi shahar sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini davlat mablag‘larini o‘zlashtirish ishi bo‘yicha to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Mtavari” xabar berdi.
Hozirda Saakashvili deputat Valeriy Gelashvilini do‘pposlash va Sandro Girgvliani qotillarini afv etish ishi bo‘yicha olti yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.
Sud Saakashvilini prezidentlik davrida davlat byudjeti mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflaganlikda aybdor deb topdi: u o‘g‘lining ta’lim xarajatlarini qoplagan, samolyotlar va qimmatbaho avtomobillarni ijaraga olgan hamda shaxsiy garderobi uchun narsalar sotib olgan. Ushbu ish bo‘yicha unga 2014 yilda ayblov e’lon qilingan. Yetkazilgan zarar miqdori 9 million lari (2,9 million dollar) deb baholangan.
Saakashvilining advokatlari esa ushbu xarajatlar sobiq prezidentning vakillik xarajatlari ekanini ta’kidlagan.
“Meni o‘g‘rilikda ayblashyapti va sharmandali ayblov qo‘yyapti. Men shunchaki muolajalar oldim, qayerga bormay mamlakatimni eng yuqori darajada namoyish qilishni va bu yerga kelgan mehmonlarni munosib kutib olishni xohlaganman”, degan Saakashvili sud majlislaridan birida.
Hozirda Saakashvili Tbilisidagi Vivamedi fuqarolik klinikasida davolanmoqda – u 2022 yil may oyida u yerga ko‘chirilgan, bunga qadar esa deyarli bir oy ochlik e’lon qilgan edi. Klinikadan jonli efir vaqtida u sog‘lig‘i yomonlashgani haqida shikoyat qilgan va suddan hukm chiqarishni kechiktirishni so‘ragan.
Ushbu ish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Teymuraz Janashiya ham sudlangan. Unga 300 ming lari miqdorida jarima solingan.
Ma’lumot uchun, Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng mamlakatda unga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan, shundan ikkitasida siyosatchi sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2021 yil oktyabr oyida Saakashvili Gruziyaga yashirincha kelganida hibsga olingan. 2022 yil may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u Tbilisidagi "Vivamed" xususiy klinikasiga olib o‘tilgan va u shu kungacha o‘sha yerda qolmoqda. Gruziya rasmiylari Saakashvili qamoqdan chiqish uchun kasallikni "yoqib olgan", deya hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyaning hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi Mixail Saakashvilini Saakashvilini 2008 yilda Janubiy Osetiya ustidan urushni tashqi kuchlar buyrug‘i bilan boshlaganlikda ayblagan edi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart