Sud Navalniyni 30 sutkaga qamadi
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
6991Rossiyaning Ximki shahar sudi Jazolarni ijro etish federal xizmati da’vosiga ko‘ra, muxolifatsi Aleksey Navalniyni 30 sutkaga 15 fevralgacha qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. Sayyor sud Ximki politsiya uchastkasida shoshilinch tarzda o‘tkazilgan.
Navalniy kecha, 17 yanvar kuni Moskvaning Sheremetevo aeroportida hibsga olingach, o‘sha yerga olib borilgan.
Ichki ishlar vazirligi vakili Aleksey Navalniy sinov muddati shartlarini ko‘p marta buzganligini ta’kidlagan va uni 30 kunga hibsga olishni so‘ragan. Sudya Elena Morozova ushbu talabni qondirgan.
Sud majlisi davomida siyosatchining himoyasi sudyaga e’tiroz bildirgan. Sud e’tirozni uydurma va asossiz deb topib, rad qilgan. Navalniyning o‘zi uni kameradan advokat bilan uchrashuv uchun olib chiqib, sud majlisiga olib kelishganini aytgan.
IIV vakili Navalniy koronavirus testini topshirmagani uchun sayyor sud tashkil qilinganini aytgan. Ximki shahar sudi raisining o‘rinbosari esa jurnalistlar ham sud majlisida qatanasha olishi uchun shunday qilinganini bildirgan.
Bo‘linmagan 200 ga yaqin odam kelgan. Ularning ko‘pchiligi “ozodlik” va “qo‘yib yuboring”, sud qaroridan keyin esa “sharmanda” deb baqirgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 yanvar kuni rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Germaniyadan Vataniga qaytdi. Ammo Moskvaga kelishi bilan hibsga olindi.Muxolifatchi “Iv Roshe” jinoyat ishi doirasida hibsga olindi.
LiveBarchasi