AQSH Navalniyni zudlik bilan ozod qilishni so‘radi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo kecha, 17 yanvar kuni Rossiyaga kelganida hibsga olingan Aleksey Navalniyni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi. Amerika diplomatiyasi rahbarining tegishli bayonotini Davlat departamenti Matbuot xizmati tarqatgan.

“Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Aleksey Navalniyni hibsga olish to‘g‘risidagi qarorini qat’iyan qoralaydi. Biz Rossiya Hukumatini saylov jarayonida ishtirok etishni istagan barcha siyosiy partiya va nomzodlar uchun teng sharoitlarni yaratib berishga chaqiramiz. Biz uning hech qanday shartlarsiz zudlik bilan ozod qilinishini talab qilamiz”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 yanvar kuni rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Germaniyadan Vataniga qaytdi. Ammo Moskvaga kelishi bilan hibsga olindi.Muxolifatchi “Iv Roshe” jinoyat ishi doirasida hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

484

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing