Sud qaroridan qaytmadi: Abror Muxtor Aliyning apellyatsiyasi rad etildi
3-sahifa
−
14 fevral
67259Avvalroq, bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) Shayxontohur tumani hokimligida baqir-chaqir qilib, janjal ko‘targani uchun 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, kecha, 13 fevral kuni Abror Abduazimovning advokati sud qarori ustidan appelyatsiya shikoyati yozgan. Bugun, 14 fevral kuni sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tahririyatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, sud advokatning shikoyatini rad etgan va Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha kunning o‘zida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Abror Muxtor Aliy va uning janjalda ishtirok etgan sherigi ham aybiga iqror ekanini bildirgandi.
Sud qaroriga ko‘ra, ularning har ikkalasiga 340 ming so‘m miqdoridagi jarima va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi. Shuningdek, sud ularning oilaviy sharoitini inobatga olib, sudlanuvchilarni qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ozod qilgan.
LiveBarchasi