Qizlarga nisbatan uyatsiz harakat qilganlar qamaldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida Cobalt rusumli avtomobilda yo‘l chetidagi qizlarga axloqsiz xatti-harakatni amalga oshirgan ikki yigit 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyatining Qibray tumanida sodir bo‘lgan. Tumanning ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan transport vositasida bo‘lgan shaxslarning kimligi aniqlangan va jazo choralari ko‘rilgan.

Bildirilishicha, mazkur shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositasi haydovchisi A. hamda fuqaro O. ga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l talashib, ayol kishini haqorat qilgan haydovchi 15 sutkaga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing