Bloger “Gonzo” qamaldi (video)
3-sahifa
−
21 iyun 7490 1 daqiqa
“Gonzo” taxallusi bilan tanilgan bloger Geydar Aliyev ma’muriy javobgarlikka tortildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatlarga ko‘ra, u joriy yilning 13 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan festival davomida jamoat tartibiga zid harakatlar sodir etgan. Qayd etilishicha, bloger ayrim fuqarolarni ularning roziligisiz videotasvirga olgan va mazkur materiallarni internet tarmoqlarida e’lon qilgan.
Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani hamda jamoat joyida haqoratli so‘zlar ishlatgani bildirilgan.
Sud materiallarida keltirilishicha, 17 iyun kuni u fuqarolardan biriga oid sha’n va qadr-qimmatga daxl qiluvchi ma’lumotlarni Telegram orqali tarqatgan.
Sud majlisida Geydar Aliyev o‘z harakatlaridan afsusdaligini bildirib, qilgan ishlari uchun pushaymon ekanini aytgan.
Jabrlanuvchilar esa suddan qonun doirasida chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud qaroriga muvofiq, Geydar Aliyev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 46-2-moddasi (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Live
Barchasi