SSV statistikasida koronavirusdan o‘lganlar 500 ga yaqinlashdi

Jamiyat

image
Samarqandda koronavirusga chalinganlar 10 baravar kamaytirib ko‘rsatilgani aniqlandi north_east

Samarqandda koronavirusga chalinganlar 10 baravar kamaytirib ko‘rsatilgani aniqlandi

Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekistonda 345 holatda koronavirus infetsiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 492 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida 403 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 59 788 nafar bemordan 56 568 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 728 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 135 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing