Samarqandda koronavirusga chalinganlar 10 baravar kamaytirib ko‘rsatilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Samarqandda, buning ortidan mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar statistikasi kamaytirib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma’lum qilgan. 

“COVID-19 statistikasi masalasida misol keltiraman: 5 oktyabr 23:30 holatiga Samarqand viloyatida 2160 ta qayd etilgan, 2017 tasi sog‘aygan. Ya’ni 143 kishi kasal deyilgan. Bizni ma’lumotimizga ko‘ra, bugungi kunda Samarqandda shifoxonada davolanayotgan bemorlar soni 1155 ta. Nima keragi bor 10 baravar kamaytirishni?

Balki korrupsiya emasdir, buni sababini o‘rganishimiz kerak. Yana qaytaraman, bu faqat Samarqand viloyati misolida. Hamma viloyatlarda shu ahvol ekanligini aniq ayta olishim mumkin. Statistikasi ham, to‘lovlar to‘lashi ham, xaridlarning amalga oshirilishi va eng asosiysi, qarindosh-urug‘chilik masalasini kompleks o‘rganmoqchimiz. Xodimlari sifatida yaqin qarindoshlarini ishga olgani masalasi bo‘yicha birga ish olib boramiz. 

Ayniqsa xaridlarda, dori vositalari bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bor, hammasi faktlar bilan keltirilgan. Tenderda yutib chiqanglar emas balki boshqa, o‘zlariga tegishli tashkilotlar bilan shartnoma tuzgani borasidagi holatlar bor. Biz bu bo‘yicha ishlarni boshlab yuborganmiz”, deydi agentlik direktori.

Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy, ammo ishonchdan chiqqan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 59 697 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 56 460 nafari sog‘aygan, 492 kishi vafot etgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing