Somalida yuz bergan teraktda 25 nafar askar halok bo‘ldi

Olam

image

Somalidagi o‘quv bazasiga uyushtirilgan terakt oqibatida 25 nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Somali Mudofaa vazirligining agentlikka ma’lum qilishicha, bugun, 24 iyul kuni Mogadishuning Hodan tumanidagi harbiy akademiyada xudkush-terrorchi o‘zini portlatib yuborgan.

Portlash oqibatida 25 nafar askar halok bo‘lgan, 60 ga yaqini yaralangan. Hozirda holat yuzasidan tergov boshlangan.

Hujum uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” terror tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

Ma’lumot uchun, “Ash-Shabob” 2004 yilda Somalida tuzilgan terror tashkiloti hisoblanadi. 2008 yildan beri u teraktlar uyushtirmoqda. 2010 yilga kelib, ushbu tashkilot keng hududlarni nazorat qila boshlagan. 2011 yilning yozida guruh hukumat va uning ittifoqchilariga qarshi partizan taktikasiga o‘tgan. 2012 yil fevralida guruh yetakchilaridan biri jangarilar “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘iga qo‘shilganini ma’lum qilgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, “Ash-Shabob” a’zolarining umumiy soni 10 ming nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Ash-Shabob” terror tashkiloti mamlakatda tez-tez xuddi shunday portlashlar sodir etadi. Joriy yilning iyun oyida ham tashkilot Somalining Quyi Shabelle provinsiyasida portlash amalga oshirgandi. Oqibatda 25 bola halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Somali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing