Sobiq Prezidentning rafiqasi ishga marshrutkada borib-kelyapti (fotofakt)
Olam
−
07 Oktabr 2019
43971Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston Respublikasining sobiq Prezidentning Almazbek Atamboyevning rafiqasi Raisa Atamboyeva jamoat transportida yurishi tasvirga olingan suratlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, suratlarda Atamboyeva jamoat transporti bekatida turgani va marshrutkada o‘tirgani aks etgan.
Qirg‘izistonliklar ushbu surat ostida ko‘plab izohlar yozishmoqda.
Aksariyat foydalannuvchilar bu “xalq bilan yaqinlik” sobiq Prezidentning mol-mulki hibsga olinishi bilan bog‘liq degan taxmin qilishdi.
Bu suratlar yuzasidan Almazbek Atamboyevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyeva ehtimol ishga ketayotganda, tasvirga olingan. Chunki, u Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasida dars berishda davom etmoqda. Maslahatchi Atamboyevaning jamoat transportida yurishi mol-mulk hibsga olinishi bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev 2011-2017 yillarda Qirg‘izistonga rahbarlik qilgan. Atamboyev birinchi to‘liq Prezidentlikdan keyin o‘z xohishi bilan lavozimni tark etgan birinchi Prezident bo‘lgan.
Shu yilning 8 avgust kuni Atamboyev huquq-tartibot organlari xodimlariga taslim bo‘ldi.
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi sobiq Prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan qotillik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblov e’lon qildi.
LiveBarchasi