Sobiq Prezident qurdirgan masjidga taqiq qo‘yildi

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek shahri Birinchi may tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev qurdirgan masjidga taqiq qo‘ydi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Nazorat organida aniqlik kiritishlaricha, harbiy prokuratura jinoyat ishini o‘rganish davomida “7 aprel qahramonlari”masjidini Atamboyev qurdirganini aniqlagan. Masjid joylashgan maydon “Forum” ilmiy-ishlab chiqarish firmasi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniya esa Atamboyevga tegishli.

“Birinchi may tuman sudi yuqorida keltirilgan mulkka taqiq qo‘ydi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda sobiq Prezident masjid qurilishi uchun mablag‘larni qayerdan olgani aniqlanyapti.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Toshda o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida Almazbek Atamboyev hibsga olindi. Sud uni dastlab 18 kunga, keyin oktyabr oyigacha hibsda saqlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Atamboyev oilasiga tegishli bo‘lgan mulklar sud taqiqiga uchradi. Uning rafiqasi Raisa Atamboyevaga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu voqealar bo‘layotganda Atamboyevning qizi Aliya Shagiyeva va kichik o‘g‘li Qodirbek Atamboyev xalqqa murojaat bilan chiqish qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston masjid Almazbek Atamboev

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing