Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga hukm o‘qildi

Jamiyat

image
Ixtiyor Abdullayev 18 yilga qamaldi north_east

Ixtiyor Abdullayev 18 yilga qamaldi

Ortiqova davlat siriga daxldor amaldorlarning sudlari yopiq o‘tganini izohladi north_east

Ortiqova davlat siriga daxldor amaldorlarning sudlari yopiq o‘tganini izohladi

O‘zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Otabek Murodov sud qarori bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi.

Bugun, 25 fevral, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan sobiq bosh prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning o‘rinbosari J. Igamovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, yetmishdan ortiq jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanib, muhokama qilindi. Dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi Otabek Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sudlanuvchi Otabek Murodovga nisbatan jazo chorasini belgilashda sud O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Xususan, sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘la qoplanganligi e’tiborga olindi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlar e’tiborga olinib, O. Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudning hukmiga ko‘ra, Ixtiyor Abdullayevga 19 yil, J. Igamovga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Murodov Ixtiyor Abdullaev

Baholaganlar

824

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing