Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Sport

image

Parij-2024 Olimpiadasining boks bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolangan.

-57 kg da bahslarda ishtirok etgan Turdibekova Olimpiadada tayvanlik bokschi Lin Yuy-Tin bilan kuch sinashib, mag‘lubiyatga uchragandi. Lin Yuy-Tin esa yakunda o‘z vaznida Olimpiada chempioni bo‘ldi.

Lin Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan o‘tkaziladigan 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatida gender muvofiqlik testlardan o‘ta olmagani uchun diskvalifikatsiya qilingandi.

IBA prezidenti Umar Kremlev Lin Yuy-Tinga Olimpiadada qatnashishga ruxsat berilganini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi uchun sharmandalik ekanligini bildirib, erkak bokschilarga qarshi ringga ko‘tarilgan ayol bokschilar IBA tomonidan 100 ming AQSH dollari bilan taqdirlanishini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovaga o‘z tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan uy sovg‘a qilingandi. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov esa Olimpiada sovrindorlarini taqdirlash marosimida Parij Olimpiadasidagi eng yomon hodisa erkak sportchilarning ayollarga qarshi ringga chiqqani bo‘lganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sitora Turdibekova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing